XALQLAR DOʻSTLIGI — UMUMINSONIY QADRIYATLAR
Tadbir davomida rus adabiyoti “oltin davri” namoyandalarining she’rlari o’qildi, yuzlab tillarga tarjima qilinib, butun dunyoda sevib o’qiladigan asarlardan parchalar namoyish qilindi.
Madaniyat — ma’rifatning ajralmas qismi sifatida talaba-yoshlar kamolotida muhim o’rin tutadi. Shu ma’noda Namangan davlat pedagogika instituti rektorining mustaqil ta’limni samarali tashkil qilish bo’yicha bergan topshirig’i ijrosi yuzasidan O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi Rus tili yo’nalishi talabalari tayyorlangan badiiy-ma’rifiy dastur buning yorqin misoli boʻldi.
Kafedrada faoliyat yuritayotgan rus tili fani professor-o’qituvchilari talabalarga bilim berishda kreativ yondoshuvni muntazam qo’llab keladi. Buni yoshlarning sahnada rus mumtoz adabiyoti na’munalarini yuksak mahorat bilan ijro etganlaridan ham ko’rish mumkin.
Tadbir davomida rus adabiyoti “oltin davri” namoyandalarining she’rlari o’qildi, yuzlab tillarga tarjima qilinib, butun dunyoda sevib o’qiladigan asarlardan parchalar namoyish qilindi. Yaroslavna, Onegin va Tatyana, “rus she’riyati quyoshi” deya e’tirof etiladigan Aleksandr Pushkin sahnada jonlantiriladi.
Tadbirda mehmon bo’lgan Namangan viloyati Rus milliy madaniy markazi vakillari ham chiqishlardan bir olam taassurot olganlarini izhor qilish barobarida, Namangan davlat pedagogika institutida yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar asosida yetuk pedagogik kadr sifatida tayyorlashga qaratilgan harakatlarni yuksak e’tirof etdilar.
Shuningdek, kelgusida institut talabalari ishtirokida ingliz va nemis tillarini o’qitish bo’yicha ham ma’rifiy kechalar o’tkazish rejalashtirildi.
Bundan ko’zlangan maqsad esa bo’lajak pedagoglarning ta’limda ijodiy va kreativ yondoshuvlarni keng qo’llash, ko’nikmalarini shakllantirish hamda jamiyatimizning faol a’zosi sifatida tarbiyalashdir.